Kassa, ombor va hisobot bitta aqlli tizimda

Hisob.im — do'kon uchun kassa, ombor, nasiya va hisobotlar tizimi. Telefonda va kompyuterda ishlaydi, internet uzilsa ham sotuv to'xtamaydi.

Demo so'rash
12 480so'm · UZS
WindowsAndroidiPhoneExcelTelegramXprinter
Tizim yechimlari

Do'konning kundalik ishi bir joyda: sotuvdan tortib hisobotgacha. Har bir yechim dasturda tayyor.

Tezkor
kassa

Shtrix-kodni skaner yoki telefon kamerasi bilan o'qing. Naqd, terminal, QR va o'tkazma, chek printeri.

Batafsil

Ombor
nazorati

Kirim, ko'chirish, inventarizatsiya. Kam qolgan va muddati tugayotgan tovar haqida ogohlantirish.

Batafsil

Nasiya va
qarzlar

Mijoz qarzi, kredit limiti, 1–12 oylik nasiya va qarz eslatmalari.

Batafsil

Hisobotlar

Kunlik savdo, foyda, eng ko'p sotilgan tovarlar, yetkazuvchilar bo'yicha aylanma. Excel va PDF.

Batafsil

AI
yordamchi

Oddiy so'z bilan so'rang yoki nakladnoyni suratga oling: javob va kirim haqiqiy ma'lumot asosida.

Batafsil

Yorliq va
tarozi

Shtrix-kodli yorliq dizayneri, tarozi bilan ishlash (PLU), chek dizayneri.

Batafsil

Keling, do'koningiz hisobini tartibga solaylik

Raqamingizni qoldiring: biz qo'ng'iroq qilib, do'koningizga mos yechimni ko'rsatamiz.

Bepul demo olish
Kimlar uchun

Tarozi, IMEI, o'lcham va ranglar, yaroqlilik muddati: tizim har bir do'kon turining o'ziga xos ehtiyojiga moslashadi.

Jarayon

Ariza qoldirishdan birinchi sotuvgacha oddiy 6 qadam.

Raqamingizni qoldiring yoki qo'ng'iroq qiling. Do'kon turini va nima kerakligini aniqlaymiz.

Alohida do'kon tayyorlanadi: har do'konning ma'lumotlar bazasi o'zining.

Ro'yxatingiz Excel'da bo'lsa, tovar va mijozlarni yuklaymiz, qoldiqlarni ham ko'chirib beramiz.

Chek printeri, yorliq printeri, USB skaner yoki telefon kamerasi. Ulashda yordam beramiz.

Kassir va buxgalter uchun alohida kirish: kassir faqat o'ziga ruxsat berilganini ko'radi.

Telefon yoki kompyuterdan kiring. Sozlashda masofadan yordam beramiz.

Savollar

Sotuv to'xtamaydi: kassa oflayn ishlaydi, sotuvlar qurilmada saqlanadi va internet qaytganda o'zi yuboriladi.

58 va 80 mm chek termoprinterlari (Xprinter va boshqalar), yorliq printerlari, USB skanerlar va telefon kamerasi. Ulashda yordam beramiz.

Ha. Brauzerda ochiladi va telefonga oddiy ilova kabi o'rnatiladi (iPhone va Android). Kompyuter uchun Windows ilovasi ham bor.

Har do'konning bazasi alohida. Har 15 daqiqada avtomatik zaxira olinadi va nusxalari serverdan tashqarida saqlanadi. Kassir faqat o'ziga ruxsat berilganini ko'radi.

Ha. Tovar va mijozlar ro'yxatini Excel'dan yuklaymiz, qoldiqlarni ham ko'chirib beramiz.

Narx do'kon hajmiga bog'liq: oylik yoki yillik obuna, uzoq muddatli shartnomada qulay narx. Aniq narxni telefon orqali so'rang yoki ariza qoldiring.

Aloqa

Ariza qoldiring yoki qo'ng'iroq qiling: demo va maslahat bepul.

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.