Imkoniyatlar

Do'kon uchun kerak hamma narsa bitta tizimda

Kassadan tortib hisobotgacha: har bir imkoniyat dasturda tayyor. Quyida hammasi bo'limlar bo'yicha.

Kassa va sotuvOmbor va tovarlarNasiya va qarzlarHisobotlar va tahlilAI yordamchiXodimlar va filiallarQurilmalar va chekXavfsizlik va zaxira
Kassa va sotuv

Kassir bir necha bosish bilan sotadi, buxgalter esa nazoratni qo'lida ushlab turadi.

Tez qidiruv va skaner

Mahsulot nomi, artikul yoki shtrix-kod bo'yicha qidiriladi. Skaner qilsangiz mahsulot o'zi savatchaga tushadi; telefon kamerasi ham skaner vazifasini bajaradi.

Aralash to'lov

Naqd, terminal, QR kod, o'tkazma yoki nasiya. Bitta chekda bir necha to'lov turini aralashtirish mumkin.

Chegirma nazorati

Kassir buxgalter belgilagan chegaragacha o'zi chegirma beradi. Undan ko'pi uchun «Ruxsat so'rash» bosiladi, buxgalter tasdiqlaydi yoki rad etadi.

Optom va kilolik savdo

Optom narxida sotish, kilo va metr bilan sotish, qop yoki korobka kabi qadoqlar alohida narx va shtrix-kod bilan.

Chekni qaytarish

Sabab yozilib, butun chek qaytariladi: tovar omborga qaytadi, pul kunlik kirimdan ayriladi, nasiya qismi mijoz qarzidan chiqadi.

Internet uzilsa ham sotuv

Sotuv qurilmada saqlanadi, chek chiqadi va internet qaytganda o'zi serverga yuboriladi.

Ombor va tovarlar

Tovar qayerdan kelgani, qancha qolgani va qachon tugashi — hammasi yozilib boradi.

Kirim hujjati

Yetkazib beruvchi, sana va filial tanlanadi, tovar qidirib yoki skaner qilib qo'shiladi. To'liq to'landi, qisman yoki qarzga: qarz yetkazib beruvchiga avtomatik yoziladi.

Nakladnoydan o'qish (AI)

Yetkazib beruvchi qog'ozini suratga olasiz, AI tovar, son va narxni o'qib mahsulotlarga moslaydi. Siz tekshirib «Qabul qilish» bosasiz.

Filiallar o'rtasida ko'chirish

Ikki ustunli ekranda tovarni sudrab o'tkazasiz. Tasdiqlanganda qoldiqlar o'zgaradi va nima chiqib nima kelgani yozilgan PDF yuklanadi.

Inventarizatsiya va reviziya

Tovarlarni skaner bilan yoki birin-ketin sanaysiz; sanash saqlanib turadi, pauza qilish mumkin. Natijada dalolatnoma PDF: kamomad va ortiqcha tan narxda.

Yaroqlilik muddati va partiyalar

Har bir qism o'z muddati bilan alohida partiya bo'ladi, kassada avval eng erta tugaydigani sotiladi. Muddati yaqinlashgan tovar haqida ogohlantirish chiqadi.

Hisobdan chiqarish

Muddati o'tgan, singan yoki yo'qolgan tovar sabab bilan chiqariladi; zarar tan narxda hisoblanadi va foyda hisobotida alohida ko'rinadi. PDF dalolatnoma bor.

Excel'dan yuklash

Tovar va mijozlar ro'yxatini Excel'dan yuklaysiz; eski dasturdan o'tishda qoldiqlarni ko'chirishda yordam beramiz.

Nasiya va qarzlar

Kim qancha qarzdor, qachon to'laydi va yetkazib beruvchiga qancha qarzsiz — bir joyda.

Mijoz kartasi

Ism, telefon, guruh, shaxsiy chegirma va nasiya limiti. Kartada xaridlari va qarzi ko'rinadi.

Muddatli nasiya

1–12 oyga shartnoma, oylik to'lov jadvali va to'lov kuni eslatmasi.

Qarz to'lash

Mijoz qarzini qisman yoki to'liq to'laydi; ortiqcha to'langan pulni qaytarish mumkin. Limitdan oshsa sotuv o'tmaydi.

SMS eslatma

Qarzdor mijozga SMS eslatma yuborish ulanadi. SMS hisobi oldindan to'ldiriladi, narx operator tarifi bo'yicha yechiladi.

Yetkazib beruvchilar hisobi

Har bir zavodga qancha qarzdorligingiz, to'lovlar va kirimlar bir joyda.

Hisobotlar va tahlil

Raqamlar o'zi yig'iladi: davrni tanlaysiz, jadvalni Excel'ga yuklaysiz yoki chop etasiz.

Kunlik hisobot

Naqd, terminal, QR va o'tkazma bo'yicha kirim, chiqim va kassa qoldig'i.

Foyda

Tushum minus tan narx; xarajatlar va hisobdan chiqarilgan tovar ayirilgandagi sof foyda ham ko'rinadi.

Kirimlar kalendari

Har kuni omborga qancha tovar qo'shilgani oy kalendarida ko'rinadi; kunni bosib nima kelganini ko'rasiz.

Tovarlar va tahlil

Eng ko'p sotilgan tovarlar, ABC tahlil, tez tugaydigan va sotilmayotgan tovarlar.

Filiallar va zavodlar

Har filialning savdosi va kassasi; har bir yetkazib beruvchidan kelgan va sotilgan tovar aylanmasi.

Mijozlar va qarzdorlar

Kim qancha xarid qildi, kim qancha qarzdor.

Xodimlar va xarajatlar

Usta haqi, oylik, avans va kunlik xarajatlar bo'yicha.

Excel va chop etish

Har bir hisobotni Excel'ga yuklab olish yoki chop etish mumkin.

AI yordamchi

Do'kon ma'lumotlari bo'yicha savol-javob, tahlil va hujjat o'qish. Bepul tarifda limit bor, ko'proq uchun Plus tarif.

Savol-javob

Foyda, zararli tovarlar, ombor, qarzlar va kassa farqlari bo'yicha oddiy so'z bilan so'rang; javob do'konning haqiqiy ma'lumotidan olinadi.

To'liq do'kon tahlili

Bitta tugma bilan foyda, tovarlar, ombor, qarzlar va nazorat bo'yicha butun hisobot hamda 30 kunlik reja.

Ovozli suhbat

Mikrofonda gapirasiz, AI ovozda javob beradi. Raqamlar bazadan olinadi.

Nakladnoyni o'qish

Qog'oz hujjat suratidan kirim tayyorlanadi.

Ovoz bilan mahsulot qo'shish

Nomi, narxi, soni va muddatini aytasiz; AI formani to'ldiradi, siz tekshirib saqlaysiz. Hech narsa o'zi saqlanmaydi.

Xavfsiz

AI narx, qoldiq va sozlamalarni o'zgartira olmaydi. Izoh yozish faqat sizning tasdig'ingiz bilan.

Xodimlar va filiallar

Kim nima qilishi mumkinligini siz belgilaysiz, nima bo'lganini jurnaldan ko'rasiz.

Ikki rol

Buxgalter (egasi) hamma bo'limni ko'radi va sozlaydi. Kassir faqat o'z filialida ishlaydi va o'ziga kerakli bo'limlarni ko'radi.

Bir nechta filial

Har filialning qoldig'i, kassasi va xodimlari alohida; hisobotni umumiy yoki filial bo'yicha ko'rasiz.

Smena va pul topshirish

Kassir kassadagi naqd pulni topshirish so'rovini yuboradi, buxgalter tasdiqlaydi va kassa qoldig'idan ayriladi.

Harakatlar jurnali

Kim nimani va qachon o'zgartirgani yoziladi.

Ruxsatlar

Kassir narxni o'zgartira olmaydi; tan narxni ko'rish va chegirma chegarasi buxgalter sozlamasiga bog'liq.

Qurilmalar va chek

Oddiy do'kon uskunalari bilan ishlaydi: printer, skaner, tarozi, telefon va kompyuter.

Chek printeri

58 va 80 mm termal printerlar (Xprinter va boshqalar). Chek sotuvdan keyin avtomatik chiqadi; printer bo'lmasa brauzer orqali chop etiladi.

Chek dizayneri

Logo, reklama, QR va shtrix-kodni bloklardan yig'asiz.

Yorliq printeri

Shtrix-kodli yorliq dizayneri; telefon yorlig'i 30×20 mm da ham.

Skaner

USB skaner yoki telefon kamerasi.

Yorliqli tarozi

Tarozi PLU kodi va og'irlik yozilgan yorliq chiqaradi; kassir skaner qilsa mahsulot og'irligi bilan savatga tushadi.

Telefon va kompyuter

Brauzerda ochiladi, telefonga ilova kabi o'rnatiladi (iPhone, Android); Windows ilovasi ham bor.

Masofaviy yordam

Printer ishlamasa, ruxsatingiz bilan mutaxassis 30 daqiqa davomida faqat printer sozlamalarini masofadan tuzatadi.

Xavfsizlik va zaxira

Ma'lumotlaringiz alohida saqlanadi va doim nusxasi bor.

Har do'konga alohida baza

Ma'lumotlar boshqa do'konlar bilan aralashmaydi.

Har 15 daqiqada zaxira

Avtomatik zaxira nusxa olinadi, nusxalar serverdan tashqarida ham saqlanadi.

Telegram bot

Kunlik tushum, kam qolgan tovar va zaxira nusxa haqida xabar keladi.

So'm yoki dollar

Tizim valyutasi tanlanadi; narxni dollarda kiritib, Markaziy bank kursi bilan so'mga hisoblash mumkin.

Yangilanishlar

Dastur yangilanadi, ma'lumotlar saqlanadi; yangilashdan oldin zaxira olinadi.

Til va yozuv

O'zbek (lotin yoki kirill) va rus tilida ishlaydi.

Hammasini o'z ko'zingiz bilan ko'ring

Bepul demo: do'kon turingizga mos holda dasturni ko'rsatamiz.

Bepul demo olish
Aloqa

Ariza qoldiring yoki qo'ng'iroq qiling: demo va maslahat bepul.

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.